AQŞ prezidenti Donald Tramp boş prokuror Jyeff Seşnsga butunlay işonişini ma'lum qildi. U kongressdagi eşituvlarda rossiyalik elçi Sergey Kislyak bilan öz aloqalarini yaşirgani uçun yirik mojaroga aralaşib qoldi.
Tramp Virginiya ştatidagi harbiy bazaga taşrifi davomida Seşnsga “butunlay” işonişini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Reyter agentligi.
Bundan taşqari, prezidentning aytişiça, Seşns Rossiyaning 2016 yilgi AQŞdagi saylovlarga ehtimoliy “aralaşgani” yuzasidan suriştiruv işida barça narsani rad etişi kerak, deb hisoblamaydi.
Avvalroq Washington Post gazetasida Seşns 2016 yilda Rossiya elçisi bilan ikki bor suhbatlaşgani haqida ma'lumot paydo bölgandi. Seşns öşa paytda AQŞ senatori bölgan va Tramp saylovoldi kampaniyasini qöllab-quvvatlagan. Şu bilan birga, Seşns senatda uning nomzodini adliya vazirligi rahbari lavozimiga körib çiqiş böyiça yanvar oyidagi eşituvlarda bu suhbatlar haqida xabar qilmadi. Demokratlar esa şu asosda boş prokuror iste'fosini talab qilmoqda. Seşnsning özi rossiyalik vakillar bilan saylovlarni muhokama qilmaganini ma'lum qildi.












