4 mart – “Soğlom avlod uçun” ordeni ta'sis etilgan kun
Azaldan özbek xalqi bolaning dunyoga kelişi, uning parvarişi va ta'lim-tarbiyasiga yuksak e'tibor qaratgan. Özaro mehr-oqibat tuyğularini şakllantiriş, kattalarga hurmat, kiçiklarga izzat körsatiş, el işiga kamarbasta, vatanparvar, jismonan çiniqqan va ma'nan yetuk avlodni kamol toptiriş umrboqiy qadriyatlarning asosini taşkil etadi, deya xabar bermoqda ÖzA.
Birinçi Prezident Islom Karimovning 1993 yil 4 martdagi farmoniga muvofiq ta'sis etilgan mustaqil Özbekistonning ilk ordeni «Soğlom avlod uçun» deb nomlanişida ham ana şu ezgu maqsad mujassam.
Mamlakatda amalga oşirilayotgan islohotlar jarayonida millat genofondini saqlaş va yaxşilaş, aholining umr köriş davomiyligini va turmuş darajasini oşiriş, soğlom zurriyodni dunyoga keltiriş va tarbiyalaş uçun şaroitlar yaratişga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bugun şaharu qişloqlarda faoliyat yuritayotgan zamonaviy maktablar, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari, bolalar ijodiyoti markazlari, sport saroylari, tibbiy muassasalar soğlom va barkamol avlodni tarbiyalaşda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ma'naviyati yuksak, ijodiy-intellektual salohiyatli avlodni tarbiyalaşda jismoniy tarbiya va sportning örni beqiyos. Mamlakatda bolalarning sport bilan şuğullanişi uçun barça şaroit yaratilgan va bu iş izçil davom etmoqda.
Özbekistonda navqiron avlod salomatligi, kamoloti va istiqboli, oila, onalik va bolalik manfaatlarini kuçli ijtimoiy himoyalaş borasidagi tizimli va puxta öylangan amaliy çora-tadbirlar xalqaro miqyosda ham e'tirof etilmoqda. Xalqaro musobaqalar, yirik çempionatlar, san'at va madaniyat festivallari, ijodiy tanlov va bellaşuvlar, intellektual olimpiadalarda navqiron yurtdoşlarimiz faol qatnaşib, Özbekiston şarafini jahon miqyosida munosib himoya qilayotgani mamlakatda har jihatdan soğlom va barkamol şaxsni voyaga yetkaziş borasida amalga oşirilayotgan izçil islohotlarning yorqin natijasidir.
«Soğlom avlod uçun» ordeni bilan taqdirlaş – bu jarayonga ulkan hissa qöşayotgan insonlar mehnatining yuksak e'tirofidir.
Ikki darajadan iborat mazkur orden bilan onalik va bolalikni muhofaza qiliş, atrof-muhitni yaxşilaş, soğlom avlodni kamol toptiriş yölida fidokorona xizmat qilayotgan insonlar mukofotlanadi. Mazkur orden bilan boşqa davlatlar fuqarolari ham mukofotlanişi mumkin.
Ordenning tasvirida öziga xos ramziy ma'no-mazmun mujassam. Uning öng qismidagi quyoş nurlari fonida farzandini opiçlab turgan Ona siymosi aks ettirilgan. Vatan timsoli bölgan munis volida mehr va xotirjamlik bilan farzandiga termulib ötiribdi, ezgu orzu-intilişlar röyobi bölmiş beğubor gödak quvonç va iştiyoq bilan nurga – ezgulikka talpinmoqda.












