Germaniyaning Daimler AG konserni butun dunyo böylab bir millionga yaqin Mercedes-Benz avtomaşinalarini qaytarib olişga qaror qildi. Bunga maşina dvigatellarida yonğin yuz berişi holatlari kuzatilgani sabab bölmoqda, deb xabar qilgan Reuters agentligi.
Ma'lumotlarga köra, jami 51 holat qayd etilgan, şundan 30tasi AQŞda kuzatilgan.
Kompaniya S va Ye tasnifidagi hamda SLA, GLA va GLC turkumidagi 2015-2017 yillarda işlab çiqilgan maşinalarni qaytarib oladi. Ta'kidlanişiça, AQŞning özida 300 mingdan ortiq maşina çaqirib olinadi.
Şu bilan birga, Daimler kompaniyasi qarori yana qaysi mamlakatlarga tegişli ekani haqida ma'lumot berilmagan. Kompaniya uşbu qaror xususida mart oyi oxiridan mijozlarni xabardor qila boşlaydi. Dilerlar dvigatellarni tekşiruvdan ötkazib, ortiqça kuçlanişdan saqlagiçlarni almaştirişadi.












