Şvetsiyaning superkarlar işlab çiqarişga ixtisoslaşgan Koenigsegg kompaniyasi bölğusi Jyeneva avtokörgazmasidagi burçagida namoyiş etiladigan mahsulotlari haqida hikoya qildi. Şvetsiya kompaniyasi körgazmada Agera RS modelining maxsus modelini namoyiş etadi. Agera RS Gryphon deb nomlangan namunasi 1360 ot kuçiga ega dvigatel bilan jihozlanadi va ekstereriga 24-karatli oltin (999,5) bilan işlov beriladi.
Firma maxsus Agera RS modelini biznesmen va avtomobil kolleksioneri Menni Xoşbin buyurtmasi asosida işlab çiqqan. U kuzovning taşqi tomonidan «karbonli» körinişini saqlab qolişni hamda bir neçta oltin elementlarini joylaşni, xususan Koenigsegg timsoli, kuzovdagi bezak börtmalari va tösiq vstavkalari oltindan bölişi kerakligini aytgan.
Bundan taşqari, mijoz uçun maxsus işlab çiqilgan karbonli boş kiyim va superkar saloniga ham oltin bilan işlov berilgan. Şu bilan birga alkantara va karbondan foydalanilgan.
Xoşbin buyurtmasiga köra, Agera RS Gryphon’ga 1 megavattlik V8 tvin turbo örnatiladi. Ayni dvigatelni Koenigsegg One: 1 giperkarida ham qöllaydi. Yangi Agera RS vazni 1395 kgni taşkil etgan.
Koenigsegg maxsus maşinasidan taşqari Jyenevaga ilk marotaba Regera modelini ham keltiradi. Unga 1500 ot kuçiga ega gibrid qurilma örnatiladi. Yangi Koenigsegg soatiga 300 km tezlikka atigi 10 soniyada erişadi.
Regera modeli ikki nusxasining içki va taşqi körinişlariga mijozlar buyurtmasiga köra, turliça işlov berilgan.















