Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko "dunyo aqldan ozayotgani", biroq mamlakat jamiyatni parçalaşga bölgan urinişlarga munosib javob qaytara olişini aytdi. RIA "Novosti"da şu haqida xabar berdi.
"Heç qanday bölmağur xayollarga berilmaslik kerak: jamiyatimizni parçalaş, undagi şaroitni beqarorlaştiriş hamda bizga bosim ötkaziş heç kimning qölidan kelmaydi", - dedi Lukaşenko Belarus militsiyasining 100 yilligiga bağişlangan tantanali yiğilişda.
Prezident "kun sayin, yil sayin şunday qilişni istaganlar soni kamayişini" ta'kidladi.
"Biz göyoki tomoqqa tiqilgan suyakdekmiz. Siz atrofda nimalar bölayotganini körayapsizmi: dunyo aqldan ozgan... Biz tiz çökmasligimiz kerak, biz mamlakatni asrab, öz xalqimizni himoya qilişimiz lozim. Işonçim komilki, şunday qilamiz ham", - dedi Lukaşenko.
"Bundaylarga bizda doim munosib javob böladi", - qöşimça qildi u.












