Joriy yilda Özbekiston poytaxti Toşkent şahrida me'morçilik nuqtai-nazaridan noyob savdo-köngiloçar markazi quriladi, deb xabar qilmoqda Sputnik Özbekiston.

Yangi obekt poytaxtning eng yirik bozorlaridan biri - Qöyliq bozori yonida, sobiq kiyim bozori örnida quriladi. Ayni damda quruvçilar işni boşlagan, bino poydevori allaqaçon qad rostlagan. 

Obektning öziga xos jihati uning taşqi körinişidan iborat bölib, bino qurilişida ulkan şişalardan foydalanilişi aytilmoqda. 

Yana bir qiziq tomoni, Özbekistonda ilk marotaba avtoturargohni binoning tom qismida joylaştiriş haqida qaror qabul qilindi. Ya'ni yangi savdo-köngiloçar markaziga qaraşli avtoturargoh bino tomida joylaştirilgan böladi. Obektning özi esa bir neça qavatdan taşkil topadi, deyiladi xabarda.

Loyihaçilar özbekistonliklarni yana bir marta lol qoldiriş uçun "yaşil avtoturargoh" yaratiş ustida izlanmoqdalar.

Bugungi kunda poytaxtdagi aksariyat avtoturargohlar quruq asfaltdan iborat bölgan bir paytda, bino tomi ustida barpo etiladigan avtoturargoh tabiat bilan uyğun tarzda yaratilişi ta'kidlanmoqda.

Xabarda qayd etilişiça, avtomobillar yon-atrofida daraxtlar va boşqa ösimliklar bölişi kerak.