AQŞ prezidenti Donald Tramp sobiq prezident Barak Obamani uning telefon muloqotlarini saylovoldi kampaniyasi vaqtida yaşirin ravişda eşitişda aybladi hamda buni pastkaşlik, deb atadi.

"Prezident Obama saylovoldi kampaniyasi jarayonida mening telefon muloqotlarimni eşitiş uçun naqadar pastkaşlikka qöl urgan. Bu Niksonning Uotergeyt mojarosi. Yomon yigit", - deya yozdi Tramp Twitter’dagi sahifasida.

"Garov öynaşim mumkinki, yaxşi himoyaçi prezident Obama mening telefon suhbatlarimni oktabrda, saylovlardan avval eşitgani fakti yuzasidan juda katta işni taşkil etişi mumkin!" – deya ma'lum qildi u. Trampning sözlariga köra, uni Nyu-Yorkdagi Trump Tower osmonöpar binosida yaşirin ravişda eşitişgan.

Şuningdek davlat rahbari “Amaldagi prezidentning saylovoldi kampaniyasini eşitişga qonuniy huquqi bormi?” degan savol bilan ham qiziqdi.

Ma'lumot uçun, Uotergeyt mojarosi 1972 yilda, "Uotergeyt" mehmonxonasida yaşirin ravişda eşitiş qurilmalariga ega bölgan bir guruh kişilarning qölga olinganidan söng röy bergan. Suriştiruv jarayoni prezident Riçard Niksonning ma'muriyati öz xizmat vakolatini köp bora suiiste'mol qilganini körsatdi hamda bu uning lavozimini tark etişiga turtki berdi.