Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozon shahrida chaqalog‘ini chiqindi idishiga tashlab ketgan o‘zbekistonlik ayol qo‘lga olindi
Tatariston poytaxti Qozon shahri huquq-tartibot organlari xodimlari 28 yoshli o‘zbekistonlik ayolni qo‘lga olishdi. U chiqindi idishiga o‘z chaqalog‘ini tashlab yuborib, uning o‘limiga sababchi bo‘lganlikda gumon qilinmoqda.
U qotillik bo‘yicha ayblovni qisman tan olgan. Tergovning aniqlashicha, u shu shaharda yashab kelgan. U chaqaloqni dunyoga keltirgach, uni adyolga o‘rab, ko‘chada aylanib yurgan, keyin esa chiqindi idishiga tashlab ketgan.
Ayni vaqtda ayol hibsda saqlanmoqda.
27 fevral kuni ko‘cha tozalovchi shaharning Gabisheva ko‘chasidagi chiqindi idishidan chaqaloq jasadini topib olgandi. Ushbu holat bo‘yicha RF Jinoyat kodeksining 105 moddasi, 2-qismi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
13:53 / 14.11.2025
Toshkentdan Qozonga muntazam yo‘lovchi poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
11:07 / 04.11.2025
Uzbekistan Airways reyslari Ufa o‘rniga Qozonga yo‘naltirildi
22:23 / 06.10.2025
Toshkentda metro bekatida chaqaloq tug‘ildi
18:46 / 29.09.2025