Pentagon Suriyaning Raqqa şahrini IŞIDdan ozod etiş uçun qamalga qöşimça kuçlarni jalb etmoqda. Bu haqda The Washington Post xabar tarqatdi.
Qayd etilişiça, Vaşington maxsus topşiriqli harbiylarini, harbiy vertolyotlari hamda artilleriyasining bir qismini Suriyaga köçirişni rejalaştirmoqda. Şuningdek, IŞIDga qarşi kuraş olib borayotgan Suriya kurdlariga öq-dori yetkazib beriş davom ettiriladi.
Şuningdek, amerikalik amaldorlar Suriyada AQŞ harbiylari bölişi böyiça sobiq prezident Barak Obama tomonidan qöllangan çeklovlarni bekor qildirişmoqçi.
Obamaning çekloviga köra, Suriyada 500 nafardan ortiq amerikalik maxsus topşiriqli harbiylar bölişi taqiqlangan.












