AQŞ prezidenti Donald Tramp 6 mart kuni Milliy xavfsizlik vazirligida yangi immigratsiya farmonini imzolaydi. Bu haqda Politico naşri yuqori lavozimli amaldorga asoslangan holda xabar tarqatdi.

Naşrning qayd etişiça, ayni vaqtda yangi farmon avvalgisidan qançalik farq qilişi belgilanmoqda.

Bundan oldingi xabarlarda Trampning yangi farmoniga köra, Iroq AQŞga fuqarolari kirişi taqiqlanadigan davlatlar qatoridan çiqarilişi aytilgandi. Bunga Iroq hukumatining terrorizmga qarşi kuraşi AQŞ ma'muriyati tomonidan yuqori baholangani sabab.

Trampning sözlariga köra esa, yangi farmon sud orqali töxtatilganidan kam farq qiladi. 

AQŞ prezidentining avvalgi, 27 yanvar kuni imzolangan immigratsiya farmoni aksar aholisi musulmonlarni taşkil etuvçi yetti mamlakat (Iroq, Eron, Liviya, Somali, Suriya, Sudan va Yaman) fuqarolarining mamlakatga kirişini taqiqlar edi.

Keyinçalik Virjiniya federal sudi Tramp farmoni ijrosini taqiqladi. AQŞ apellyatsiya sudi Tramp immigratsiya farmoniga qöyilgan vaqtinçalik taqiqni ma'qulladi.

Bu farmon mamlakatda va butun dunyoda keskin norozilik tölqinini vujudga keltirgandi.