Qabul qilinayotgan yangi qaror va farmonlar, rejalaştirilayotgan maqsadlar Özbekistonning qator sohalarida islohotlar olib boriş zarurligini körsatmoqda. Jumladan, Oliy ta'lim tizimida ham. Sababi aynan uning sifati kelajakda iqtisodiyot yoki qonunçilikda amalga oşirilgan işlarning samarali bölişiga ta'sir körsatmay qolmaydi.
Çet el universitetlarida, asosan, ilğor ğarb mamlakatlarida, majburiy davomat tuşunçasi deyarli yöq, şunga qaramay darsxonalari doim töla. Şaxsiy tajribamdan kelib çiqib aytişim mumkin-ki, AQŞ oliy ta'lim muassasida talabalar “nb” olişdan qörqib emas, balki özlaridagi şu fanga nisbatan qiziqiş va bilim oliş istagi borligi uçungina darsga borişadi. Bu istaklarning paydo bölişiga bir qator sabablar bor.
Birinçidan, ular universitetda örganmoqçi bölgan fanlarni, hozirgi bozordagi talab va şaxsiy imkoniyatlaridan kelib çiqqan holda belgilangan röyxatdan özlari tanlaydilar. Masalan, aynan moliya sohasida iş yuritmoqçi bölgan iqtisodçi fond bozori yoki bank tizimiga aloqador fanlarni tanlab, ularni çuqurroq örganadi.

Ikkinçidan, dars jarayonining özi talabalar uçun juda qiziqarli. Bir yarim soat quruq leksiyani eşitib va heç nimani tuşunmagandan köra, bir soat öqituvçi bilan suhbat qurib (aynan suhbat qurib) talaba köproq ma'lumot oladi. Bu yerda yana ğarb oliy ta'lim muassasalarini misol keltiriş örinli, deb hisoblayman. U yerda şunday öqituvçilar bor-ki, ularning fikriga osonlikça qöşilgan talabalarni xuşlamaydilar va DOIMO talabadan tanqidiy fikrlaşni kutadilar. Çunki faqat mavzuni tuşungan odamgina jöyali tanqid bildirişi mumkin. Isbot sifatida, dunyoning eng maşhur va boy investorlaridan biri Uorren Baffetning talabalik yillariga nazar solaylik. U Kolumbiya Biznes Maktabiga öqişga kirib, öşa zamonning eng kuçli iqtisodçisi va investori Ben Grehem (maşhur "The Intelligent Investor" kitobi muallifi) ma'ruzalarida qatnaşib, uning nazariyalarini tanqid ostiga oladi va öz nuqtai nazarini bildiradi. Eng qiziği uşbu darsdan Uorren Baffet guruhdagi yagona yuqori bahoni qölga kiritadi.
Uçinçidan, berilayotgan bilimning aktuallik darajasi talabaning öqişga nisbatan qiziqişida muhim rol öynaydi. Ba'zida özimizning universitet darsliklarida Microsoft Office 2003 dasturini yoki Windows XP operatsion tizimni örganiş uçun ajratilgan soatlarni körib, hayron qolaman. Axir hozir ularni heç kim işlatmaydiku, ularni örgangandan ne naf?











