Qirğiziston davlat röyxatdan ötkaziş xizmati fuqarolik holati dalolatnomalari aktlarini qölda töldirişni taqiqlaş niyatida. Bu haqda «24.kg» agentligi xizmat raisi örinbosari Doston Dögoyevga asosan xabar berdi.

Uning sözlariga köra, tuğilganlik, ölim, nikoh qayd etilgani yoki bekor qilingani haqidagi guvohnomani soxtalaştiriş juda oson. «Bu hujjatlar qölda töldiriladi. Siyohni öçiriş kifoya. Bu hujjatlarni tekşiriş dasturi yöq», - degan Doston Dögoyev.

Uning qöşimça qilişiça, davlat röyxatdan ötkaziş xizmati guvohnomalar blankalarini özgartirişni rejalaştirgan. «Himoya kuçayadi. Bundan taşqari, biz qölda töldirişni taqiqlaymiz. Bu fuqarolik holatining barça dalolatnomalariga tegişli», - deya ta'kidlab ötdi amaldor.