Qozoğiston parlamentining yuqori va quyi palatalari deputatlari iştirokida bölib ötgan qöşma majlisda ikkinçi, ya'ni sönggi öqişda konstitutsiyaga özgartirişlar hamda töldirişlar kiritiş töğrisidagi qonun loyihasi qabul qilindi. Bu haqda “RIA Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
Ötgan yilning oktabr oyida Qozoğiston rahbari Nursulton Nazarboyev prezident, parlament va hukumat örtasida hokimiyat boşqaruvi vakolatlarini taqsimlaş imkonini körib çiqiş uçun maxsus komissiya faoliyat olib borayotganini ta'kidlab, “mamlakatda prezident boşqaruv tizimi saqlanib qoladi”, deb qayd etgan edi.
Keyinroq Nazarboyev, islohotlardan közlangan yakuniy maqsad Qozoğistonda hukumat va parlament örnini oşirişga qaratilgani va prezident oliy hakam vazifasini amalga oşiruvçi şaxsga aylanişini aytgandi.
Qozoğiston konstitutsiyasiga ögartirişlar kiritiş töğrisidagi qonun loyihasiga binoan, hukumat tarkibini şakllantirişda va Vazirlar Mahkamamasi faoliyatini nazorat qilişda parlament örni kuçayadi. Xususan, hujjatda davlat dasturlarini tasdiqlaş vakolatlari prezident nazoratidan çiqarilib, parlament zimmasiga yuklatilişi közda tutilgan.
Şuningdek, özgartirişlar davlat byudjyeti hisobidan kun keçiradigan barça organlar işçilarini moliyalaş va iş haqlarini tölaş yagona tizimini tasdiqlaş vazifasini ham hukumat zimmasiga yuklaydi. Şunday bölsada, bu boradagi tadbirlar, öz navbatida, prezident bilan kelişilgan va maslahatlaşilgan holatda amalga oşirilişiga ham urğu berilayapti.
Bundan taşqari, özgartirişlar kiritiş töğrisidagi qonun loyihasida inson huquqlari va erkinligini himoyalaş, milliy havfsizlik hamda suverenitetni ta'minlaş maqsadida prezidentga Konstitutsion Kengaşga amalga kiritiladigan qonun hujjatlarining konstitutsiyaga monandligini körib çiqiş yuzasidan murojaat beriş huquqini belgilaydi.
Qozoğiston parlamenti kelajakda qonunlarni qabul qiliş va tasdiqlaşdan taşqari qonunçilik hokimiyatini ham amalga oşirişi aytilmoqda. Mamlakat hukumati özgartirişlar kuçga kirişi bilan prezident va parlament oldida teng ravişda mas'uliyat va javobgarlikka ega böladi. Vazirlar mahkamasining rahbari hukumatning asosiy vazifalari yönalişlari haqida nafaqat prezidentga, balki parlamentga ham bayonot beradi.
Bundan taşqari, hukumat nafaqat yangi saylangan prezident oldida balki yangi tayinlangan parlament oldida ham öz vakolatlarini topşiradi.











