Iroq AQŞ prezidenti Donald Trampning yangi immigratsiya farmoni böyiça taqiqlangan mamlakatlar röyxatida bölmaydi. Tramp yangi farmonni 6 mart kuni imzolaşi kutilmoqda. Mazkur röyxatga kiritilgan mamlakatlar fuqarolariga AQŞga kirişlari mumkin bölmaydi. Bu xabarni The New York Times gazetasining Oq uy ma'muriyatidagi manbasi tasdiqlagan. 

Manbaning ma'lumotlariga köra, yangi farmon, şuningdek, barça mamlakatlardan kelgan qoçqinlarni AQŞda joylaştirişga vaqtinça taqiq joriy qiladi. Şu bilan birga bu taqiq qança muddat davom etişiga oydinlik kiritilmagan. Trampning sud tomonidan ijrosi töxtatilgan avvalgi farmonida qoçqinlarni joylaştirişga örnatilgan taqiq 120 kun etib belgilangan edi. Unda suriyalik qoçqinlarga nisbatan muddatsiz taqiq joriy qilingan edi. Yangisida Suriya alohida uqdirilmasligi aytilmoqda. 

Eslatib ötamiz, Donald Tramp vazifasiga kirişganidan söng, yanvar oyi oxirlarida mamlakat immigratsiya siyosatiga qat'iy tus beruvçi farmonni imzolagan edi. buning oqibatida mamlakatda keskin tortişuvlar va sud eşituvlari taşkil etildi. Farmonga muvofiq, Eron, Iroq, Suriya, Yaman, Somali, Sudan va Liviya fuqarolariga Qöşma Ştatlara kiriş 90 kunga taqiqlangan edi. 

Sietl şahri federal sudi farmon ijrosiga taqiq qöygan, Amerika adliya vazirligining apellyatsiyasi rad etilgan edi. Şundan söng, Tramp yangi immigratsiya farmonini işlab çiqişini bildirgandi.