Fransiyaning amaldagi prezidenti Fransua Olland «Milliy front» partiyasi yetakçisi Marin Le Pen bölğusi prezidentlik saylovlarida ğolib çiqişiga qarşilik qilmoqçi. U bu siyosatçi öz örnini egallamasligini ta'minlamoqçiligi haqida Le Monde gazetasiga bergan intervyusida ma'lum qilgan.

«Tahdid mavjud. Fransiyada öta öng kuçlar obrösi keyingi 30 yil içidagi eng yuqori darajaga çiqqan. Ammo Fransiya taslim bölmaydi», deya javob bergan prezident jurnalistning saylovda «Milliy front» nomzodi ğolib çiqişi ehtimoli haqidagi savoliga.

«Agar «Milliy front» nomzodi ğolib çiqadigan bölsa, u mamlakatni YeIdan olib çiqiş jarayonini boşlaydi. Uning bu maqsadi populizmdir: Yevropani tark etiş, dunyodan ajralib oliş va çegaralarga minoralar örnatiş orzusi», deya davom etgan prezident.

«Mening boş maqsadim - Fransiyani bu loyiha bölmağur loyiha ekaniga işontiriş uçun barça işni qilişdir», deya yakunlagan Olland.

Fransiyada prezidentlik saylovlarining birinçi turi 23 aprel kuni bölib ötadi. Agar unda nomzodlarning heç biri köpçilikning ovozini qölga kirita olmasa, 7 may kuni eng köp ovoz olgan ikki nomzod iştirokida ikkinçi tur saylovlari ötkaziladi.

Sörovnomaga köra, Marin Le Penning Fransiya prezidentligi uçun saylovda ğolib çiqiş imkoniyati oşgan. OpinionWay kompaniyasi ötkazgan sörov natijasiga köra, saylovning birinçi turida Le Pen xonim 26 foiz oladi. Ikkinçi örinni 22 foiz ovoz bilan Fransiyaning sobiq iqtisodiyot vaziri Emmanuel Makron egallaydi, sobiq boş vazir Fransua Fiyon esa uçinçi böladi (21 foiz).

Saylovning ikkinçi turida esa Emmanuel Makron ğolib çiqadi. Sörov natijalariga köra, saylovçilarning 63 foizi Makronga ovoz beradi, 37 foizi esa Marin Le Penni tanlaydi.

Agar «Milliy front» yetakçisining raqibi Makron emas, balki Fransua Fiyon bölib çiqsa ham, xonim baribir mağlub böladi — sörov natijalariga köra, saylovçilarning 58 foizi Fiyonga, 42 foizi Le Penga ovoz beradi.