3 mart kuni Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengaşining öttiz törtinçi sessiyasi bölib ötdi. Bu haqda Samarqand viloyati rasmiy saytida xabar berilgan.

Deputatlar sessiya kun tartibi va iş tartibini tasdiqlagaç, dastlab Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Içki işlar organlarining jinoyatçilikka qarşi kuraşiş va huquqbuzarliklar profilaktikasi borasidagi faoliyati ustidan parlament va jamoatçilik nazoratini amalga oşiriş böyiça komissiyaning viloyat hududiy komissiyasini taşkil etiş töğrisidagi masalani muhokama etişgan.

Kun tartibidagi ikkinçi asosiy masala bölmiş – aholiga tibbiy xizmat körsatişni hamda dori vositalari ta'minotini yanada yaxşilaş, uşbu sohadagi qonunçilikni amaliyotga samarali tatbiq etişga kömaklaşiş, şuningdek, bu sohada deputatlar va jamoatçilik nazoratini samarali amalga oşiriş çora-tadbirlari ham deputatlar tomonidan qizğin muhokama etilgan. 

Bu borada ayni paytda sohada olib borilayotgan işlar haqida dastlab viloyat hokimligi soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliğining birinçi örinbosari A.Jörayev axborot bergan.

«Sessiyada taşkiliy masala körildi. Deputatlar viloyat hokimining Egamberdiyev Bahromjon Niğmatoviçni viloyat hokimligi soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliği lavozimidan ozod etiş haqidagi qarorini tasdiqladilar.

Sessiyada muhokama etilgan masalalar yuzasidan viloyat Kengaşining qarorlari qabul qilindi», deyilgan xabarda.