Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 6 mart kuni davlat taşrifi bilan Turkmanistonga keldi. 

ÖzA xabariga köra, Aşxobod xalqaro aeroportida oliy martabali mehmon şarafiga Özbekiston va Turkmaniston davlat bayroqlari kötarildi, faxriy qorovul saf tortdi. 

Özbekiston delegatsiyasi özi uçun ajratilgan «Öğuzxon» qarorgohiga yöl olgan. 

Xabarda Turkmanistonda Şavkat Mirziyoyev taşrifiga katta tayyorgarlik körilgani qayd etilgan. Şahar köçalari ikki mamlakat davlat bayroqlari, özbek va turkman tillaridagi qutlov sözlari bilan bezatilgan. 

Dasturdan ikki tomonlama muzokaralar, madaniy tadbirlar örin olgan. Taşrif yakunlari böyiça ikki davlat prezidentlarining Qöşma bayonoti, Strategik şeriklik töğrisidagi şartnoma, şuningdek, turli sohalardagi özaro hamkorlikni yanada rivojlantirişga doir qator hujjatlar imzolanişi rejalaştirilgan.

Taşrifning birinçi kunida Özbekiston va Turkmaniston prezidentlari Axaltekin ot majmuasida bölişadi. Turkman ana'nalariga muvofiq, mamlakatga taşrif buyurgan yuqori martabali mehmonga bu yerda parvarişlanayotgan tulporlar va çavandozlar çiqişi namoyiş etiladi.

Davlat rahbarlari 7 mart kuni Turkmanistonning Lebap viloyatiga taşrif buyurişadi. U yerda Turkmanobod-Forob avtomobil va temir yöl köprigining tantanali oçiliş marosimi bölib ötadi.