BMTning gumanitar masalalar böyiça boşqarmasi ma'lum qildiki, Suriyada yana 66 ming kişi öz uylarini tark etişga majbur böldi.
Ma'lum qilinişiça, Suriya şimolidagi Al-Bob va Taduf şaharlaridan 40 mingga yaqin kişi çiqqan.
Bu hudud ayni vaqtda IŞIDdan Turkiya hukumati qöllab-quvvatlayotgan muxolifat kuçlari nazoratiga ötgan.
Yana 26 ming kişi Suriya armiyasi jang olib borayotgan, Al-Bobdan şarqda joylaşgan qişloqlardan çiqqan.
Qoçqinlarning harakatlanişi qiyinlaşmoqda, atrof hududlarga jangarilar minalar örnatgan.
Qoçqinlarning aksar qismi AQŞ tomonidan qöllab-quvvatlanayotgan Suriya demokratik kuçlari nazoratidagi hududlarga yöl olgan.
Suriyada fuqarolar uruşi boşlanganidan buyon mamlakat aholisining deyarli yarmi öz uylarini taşlab ketişga majbur böldi.













