AQŞ raketa hujumlariga qarşi mudofaa tizimlari hisoblanuvçi THAAD komplekslarini Janubiy Koreyada joylaştirişni boşladi. Bu haqda AQŞ Qurolli kuçlari Tinç okeani qömondonligi xabar qilmoqda. Şu maqsadda, yarim orolga majmualarning ilk elementlari keltirilgan. 

«Şimoliy Koreyaning davomli fitnalari, xususan, 6 mart kuni navbatdagi ballistik raketalarni uçirişi, bizning THAAD tizimlarini Janubiy Koreyada joylaştiriş qarorimiz töğriligini isbotlaydi», — degan admiral Harri Harris.

Amerika qömondonligining qayd etişiça, THAAD majmualari faqat mudofaa vazifalarini bajaradi va boşqa mamlakatlarga tahdid solmaydi. Uşbu RQM tizimlari kiçik va örta masofaga uçuvçi ballistik raketalarni atmosfera va uning taşqarisida urib tuşiriş uçun işlab çiqarilgan. 

Avvalroq, Oq uy ma'muriyati, Janubiy Koreyada RQM töplamlarini joylaştirişga KXDR aybdor ekanini aytgan edi.