Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyodagi eng og‘ir ayol qisqa vaqt ichida aql bovar qilmas darajada ozdi
Dunyoda eng og‘ir ayol hisoblanuvchi misrlik Imon Ahmad Ab Al Atiy Hindistondagi shifoxonada 3 hafta ichida 100 kg ga ozdi. Bu haqda 7 mart kuni Hindustan Times nashri ma'lum qildi.
Ayol bariatrik (semizlikni jarrohlik yo‘li bilan davolash) operatsiya oldidan o‘tkazilgan oqsil va oziqa to‘qimalariga boy suyuq parhez hisobiga vazn tashlashga muvaffaq bo‘ldi. Shifokorlar 36 yoshli ayolni irsiy tahlil natijalari olingandan keyin operatsiya qilishmoqchi.
Operatsiya, parhez va fizioterapiya evaziga ayol 6 oy ichida 200 kg ga ozishi kutilmoqda. Davolash yakuniga kelib u yana o‘tira olishi va mustaqil ravishda ovqatlana olishi kerak.
2016 yil dekabrda Hindiston tashqi ishlar vaziri Sushma Svaraj Imonga viza olishda ko‘mak bergani ma'lum qilingandi. Ayol haddan ziyod semizligi tufayli ko‘p yillar davomida karavotdan tura olmagan va Hindistonning Misrdagi elchixonasiga shaxsni tasdiqlash uchun bora olmagan. Shunda Svaraj xayrixohlik ko‘rsatib, Imonga viza olishda yordam ko‘rsatgan. Joriy fevralda ayol Hindistonga davolanish uchun yuk samolyotida yetkazilgan.
Ayolning bezlari yaxshi ishlamasligi sababli uning tanasi haddan ko‘p suyuqlik to‘playdi. Bundan tashqari, ayol parazitik nematodalar (qurtlar) bilan chaqirilgan elefantiazdan (fil kasalligi) aziyat chekadi. Imon 11 yoshligidayoq 500 kg tosh bosgan. Shu sababli u harakatlanish qobiliyatini yo‘qotib, o‘shandan beri Iskandariyadagi uyidan tashqariga chiqmagan.
Mavzuga oid
11:04
O‘zbekistonda yashayotganiga 1 yildan oshgan har to‘rt nafar xorijlikdan biri – hindistonlik
08:19 / 29.06.2026
Misr «Yangi Nil»ni barpo etmoqda: ulkan loyiha mamlakat kelajagini o‘zgartira oladimi?
22:52 / 20.06.2026
Tovlamachilik uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs Misrdan ekstraditsiya qilindi
18:39 / 16.06.2026