Britaniyaning Daily Mirror naşri RF prezidenti Vladimir Putinning oğir bolaligi haqida "Köça bezorisi: xarobadan çiqqan bosqinçi qanday qilib Rossiya prezidenti böldi" nomli maqolasini çop etdi.

Naşr muxbiri Endi Layns Peterburgda bölğusi siyosatçi voyaga yetgan uyni topişga muvaffaq böldi va uning uzoq tanişi bilan muloqot qildi. Jurnalist Putinning "köçalarda bandalar kezib, şafqatsiz ziddiyatlar oddiy hol bölgan, bolalar esa oçlikdan ölayotgan bir davrda" dunyoga kelganini ta'kidlagan.

Putinning yoşligi

"Bunday noçor şaroitda yaşagan odamning bir kun kelib dunyoning eng badavlat va qudratli kişilaridan biriga aylanişiga işoniş qiyin", - deydi Daily Mirror muxbiri.

Britaniyalik muxbir Putinning ismini oşkor qilişni istamagan döstini topdi. U Daily Mirror'ga oğir şaroitlarda keçgan hayot qanday qilib bölğusi prezidentning tabiatini çarxlagani töğrisida sözlab bergan.

"U şu köçalarda yaşaşni örgangan. Bu ayovsiz maktab edi - unda faqat eng kuçlilargina omon qolişi mumkin edi. Bu unga hamma narsaning iloji borligiga işoniş imkonini berdi", - deydi Putinning dösti.

Baskov tor köçasi, 12. Şu uyning törtinçi qavatida Putin yaşagan. Foto: Daily Mirror
Vladimir Putinning Qora dengizdagi saroyi

Naşrning aniqlaşiça, Putin yaşagan kommunal kvartirada kalamuşlar juda köp bölgan va ularni öldiriş yoş Volodyaning zimmasiga yuklatilgan.