Malayziya politsiyasi KXDRning Kuala-Lumpur shahridagi elchixonasidan to‘siqlarni olib tashladi. U avvalroq muhrlangandi. Bu haqda Kyodo agentligi xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, elchixonaning tashqi hududi muhrlangan maxsus sariq lenta Malayziya huquq-tartibot idoralari vakillari tomonidan olib tashlangan.
Ma'lumot uchun, Malayziya va KXDR o‘rtasidagi diplomatik mojaro Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning o‘gay akasi Kim Chen Namning Kuala-Lumpur aeroportida mudhish qotillik oqibatida o‘ldirilganidan so‘ng avj olgandi.










