Pokiston 7 mart kuni Afğoniston bilan çegaralaridagi ikkita asosiy ötkazuv punktlarining faoliyatini tikladi. Şunday qilib, Torxam va Çaman punktlari ikki kun faoliyat körsatadi, deb xabar qilmoqda Geo TV çegara xizmatidagi manbalariga asoslangan holda. 

Torxam va Çaman çegara nazorat-ötkazuv punktlari 17 fevralda Pokistonda sodir etilgan qöporuvçiliklardan söng yopilgan edi. 

Geo TV ma'lumotlariga köra, çegara punktlaridan faqatgina piyoda sayohat qilayotganlarga ruxsat berilmoqda, avtomobilda ötiş mumkin emas. NÖPlari 9 martga işlaşi qayd etilgan. 

Torxam va Çaman çegara punktlari faoliyatini qisqa muddatga qayta boşlaşi haqida Pokiston TIV bayonot bergan edi. Bundan maqsad qöşni mamlakatlarda bölib turgan fuqarolarga öz vatanlariga qaytiş imkonini berişdir.