Singapur, Amerika va Xitoy olimlari taksi avtomobillarining eng xavfli rangiga aniqlik kiritişdi. Uşbu tadqiqot natijasiga bağişlangan hisobot Proceedings of the National Academy of Sciences jurnalida çop etildi.
Mutaxassislarning hisob-kitoblariga köra, har ming avtomobil orasida kök rangli avtomobillarda avtohalokatga uçraş ehtimoli sariq ranglilariga qaraganda 6,1 ta (9 foiz)ga köproqdir. Olimlarning fikriça, buning sababi kök rang sariq rangga qaraganda kamroq sezilarli ekanidadir.
Ekspertlar Singapurdagi eng yirik taksi tarmoğining avtohalokatlariga doir 3 yil davomidagi har oylik statistika ma'lumotlarini örganiş natijasida şunday xulosaga kelişgan. Ularning qayd etişlariça, mazkur tadqiqot avtomobil rangini tanlaş muhimligini tasdiqlaydi. Bu bilan baxtsiz hodisalar soni hamda ta'mirlaş xarajatlarini pasaytiriş mumkin böladi.












