AQŞ prezidenti Donald Tramp öz içiga 6 ta davlat fuqarolariga AQŞga vaqtinçalik kirişni taqiqlovçi immigratsiya haqidagi yangi farmonni imzoladi. Bu haqda Oq uyga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda. Farmonning töliq matni Oq uy saytida joylaştirilgan. 

Oq uyda ma'lum qilinişiça, yangi farmonga köra  aksariyat aholisi musulmonlarni taşkil qiluvçi 6ta davlat – Eron, Liviya, Suriya, Somali, Sudan va Yaman fuqarolariga AQŞga 90 kunga kirişga taqiqlov saqlanib qoladi.

27 yanvarda çop etilgan farmondan farqli, yangi farmondan Iroq nomi olib taşlandi. Bunga esa Iroq hukumati yölovçilarni tekşirişda barça zarur xavfsizlik çoralarini amalga oşirgani sabab sifatida keltirib ötildi. Bu Iroq fuqarolariga AQŞga kirişga imkon beradi. 

Oq uyda qöşimça qilinişiça, yangi farmonda yuqoridagi 6 ta davlat fuqarosi bölgan hamda grin-kartaga ega va AQŞda doimiy yaşaşga ruxsati bor odamlarga AQŞga kiriş taqiqlanmasligi körsatilgan.

AQŞga köçirilişi ma'qullangan qoçqinlar AQŞga kela olişadi. Şuningdek, avvalgi farmondan Suriyadan qoçqinlarni qabul qiliş noma'lum muddatga taqiqlanişi haqidagi band olib taşlandi.