Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev boşçiligidagi delegatsiyaning Turkmanistonga taşrifi davomida tomonlar örtasida temir yöl vagonlari, kömir va qişloq xöjaligi texnikasi yetakazib beriş böyiça kelişuvlar imzolandi.
«Özbekistondan Turkmanistonga transport vositalari, mineral öğitlar, qişloq xöjaligi mahsulotlari, quriliş materiallari, elektr va mexanika uskunalari, metall buyumlar va turli sohadagi xizmatlar eksport qilinadi. Turkmanistondan yurtimizga neft mahsulotlari, propilen polimerlari va boşqa kimyoviy tovarlar keltiriladi», deyilgan xabarda.
Jumladan, Turkmaniston temir yöllar vazirligi «Andijon mexanika zavodi» kompaniyasi bilan 100ta vagonni qayta jihozlaş böyiça kelişuv imzolagan.
«Özsanoateksport» AJ esa «Turkmanximiya» davlat konserni bilan 30 ming tonna kömir yetkazib beriş böyiça bitim tuzgan.
Şuningdek, «Özsanoateksport» AJ Turkmaniston qişloq va suv xöjaligi vazirligi bilan qişloq xöjalik texnikasi va uskunalar eksporti böyiça şartnoma imzolagan.












