Germaniyaning Volkswagen kompaniyasi yangi kupe şaklli sedani Arteon modelini taqdim etdi. U Passat CC modelining örnini egallaşi kutilmoqda. Sakkizinçi avlod Passat şassisida barpo etiladigan avtomobil Jyeneva avtosalonida namoyiş etiladi. Arteon 2017 yil yozidan bozorga çiqariladi. 

Kupesimon sedan Passat modelidan 95 mmga uzunroq va 29 mmga pastroq böladi. Uning ğildiraklar bazasi 50 mmga kengroq. Yukxona hajmi 563 litrga teng, orqa örindiqlar yiğilsa uning hajmi 1557 litrga yetadi. 

Arteon dizayni 2015 yilda namoyiş qilingan Sport Coupe Concept GTE kontsept-karini deyarli takrorlaydi. Salonini esa hozirgi Passat modeliga qiyoslaş mumkin. birgina farqlanuvçi jihati multimedia tizimiga ega displeydir.