Germaniyaning Volkswagen kompaniyasi Jyeneva avtokörgazmasida Sedric muqobil avtomobilining prototipini namoyiş etdi. 

Prototip 2+2 (ikki nafardan yölovçi bir-biriga qarab ötiradi) formulasidagi beşinçi avlod haydovçisiz avtomobil hisoblanadi. Bu inson uni boşqarişga umuman aralaşmasligini anglatadi. 

Sedric prototipiga körsatmalar avtomobil içidagi tugmaçalar, ovozli buyruqlar yoki mobil ilova orqali beriladi. Masalan, maşina egasi bolalarni maktabga olib boriş, xaridni olib keliş kabi buyruqni tanlaşi kifoya, qolganini avtomobilning özi bajaradi. 

Bundan taşqari, yölovçilar kontsept-kar bilan suhbat qurişi ham mumkin. Ya'ni, ular oldindagi vaziyat, vaqt yoki töxtaşni söray oladi. 

Kontsept-karga old oyna örniga yirik OLED displey örnatilgan, undan köngiloçar töplam sifatida foydalaniş mumkin. 

Volkswagen Sedric pol tagiga joylaştirilgan batareyalar yordamida işga tuşuvçi elektr dvigatel yordamida harakatlanadi.