Andijon viloyatidagi paxta-ğallaga ixtisoslaşgan fermer höjaliklarida joriy yil hosili uçun çigit ekiş işlari boşlandi. Viloyatda jami 89 ming 200 gektar maydonga baraka uruği ekilişi közda tutilgan bölib, şundan 40 ming gektarida çigit plyonka ostiga qadaladi.
Baliqçi, Oltinköl va Marhamat tumanlari dehqonlari ekiş işlarini boşlab yuborişgan.
Oltinköl tumanidagi “Oltin vodiy gulşani” fermer xöjaligida ekiş işlari oldidan ehson taşkil qilinib, nuroniylar el rizqi tökin bölişi hamda dehqonçilikka baraka sörab duo qildilar.
Viloyatning dehqonçilik qilinadigan 79, 400 gektardagi dalalarida esa ğalla hosili yetiştiriladi. Ayni paytda buğdoy parvarişlanayotgan maydonlarda ikkinçi oziqlantiriş va suğoriş işlari olib borilmoqda.
Kun.uz muxbiri Elmurod Ermatov,
Andijon viloyati.











