Kun.uz tahririyati 2017 yil Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili munosabati bilan Özbekistonning turli viloyatlariga ijodiy safar uyuştirib, rahbarlar, mutasaddilar va aholi bilan muloqot ötkazişda davom etmoqda. Tahririyatning navbatdagi safari Buxoro viloyatiga böldi.

Safar davomida viloyat hokimi Öktam Barnoyev bilan turli masalalarda oçiq suhbat bölib ötdi. Uşbu suhbat davomida viloyatda mavjud muammolar tilga olindi va ularning hal etilişi borasida fikrlar örtaga taşlandi. Istiqboldagi rejalar oydinlaşdi.

Xalq bilan işlaş tamoyili

- Buxoro viloyati hokimi sifatida faoliyat yuritayotganimga ikki oy tölgan bölsa, şu vaqt orasida 500 nafardan ortiq buxorolik turli masalalarda murojaat qildi. Ular bilan bevosita muloqot qilindi. Bu hamon davom etmoqda. Haftaning har ikki kunida aholi bilan yuzma-yuz uçraşib, odamlarning dardi, muammosi tinglanayapti, masalalar amaliy jihatdan hal etilyapti. Sonlarga e'tibor qaratadigan bölsak, uşbu murojaatlarning 70 foizi ijobiy hal etildi. Hal etilgan uşbu murojaatlarga iş örni bilan ta'minlaş, soğliqni saqlaş tizimi bilan boğliq masalalar kiradi. Eng köp murojaatlar esa uy-joy masalalari böyiça bölyapti va aytganimdek, ijobiy hal etilyapti.

Bu tizimda neça yillardan beri faoliyat yuritayotgan bölsam, xalq bilan muloqotda amaliy yondaşuv bu darajada bölmagan. Tan olib aytişim kerak-ki, rahbarlar xalq bilan gaplaşmay qöygandi. 

Prezidentimiz tomonidan Xalq qabulxonalarining taşkil etilişi ham bu borada olib borilayotgan tizimli işlardan biri hisoblanadi. Aytiş mumkinki, tonggi sakkizdan keçki oltiga qadar işlayotgan uşbu qabulxonalar fuqarolar muammosi tezkor ravişda hal etilişiga turtki bölyapti.

Viloyatdagi qişloq xöjaligi

- Buxoroda qişloq xöjaligi deganda, avvalo, çorvaçilik köz oldimizda gavdalanadi. Ayni kunlarda viloyatda 2,5 million boşdan ortiq qoramol, 2,5 million boşga yaqin qöy va eçki hamda 3,5 milliondan oşiq parranda boqib-parvarişlanyapti. 

Birinçi Prezidentimizning naslçilik borasida amalga oşirgan işlarini alohida ta'kidlab ötişni istar edim. Men u paytlarda hukumatda faoliyat yuritardim va ana şu yönalişda qabul qilingan qaror loyihasini işlab çiqişda bevosita iştirok etganman. Öşanda naslçilik haqida, çetdan qoramol olib keliş töğrisida aytilgan gaplarga heç kim işonmagan edi. Sababi ular juda qimmat bölib, parvarişi ham alohida e'tibor talab etardi. Şu bois boşida ularga bölgan talab yuqori bölmagan, hozir esa aksini körişimiz mumkin.