Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mourino Grizmanndan rad javobi olgach, boshqa bir yuqori saviyali futbolchiga yuzlandi
«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino «Bavariya» hujumchisi Robert Levandovskining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
The Independent xabariga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassis «Atletiko» hujumchisi Antuan Grizmann yozda mankunianlar klubiga o‘tmasligi va Madridda qolishini ma'lum qilganidan keyin polshalik ushbu futbolchiga yuzlangan.
Levandovskining agenti Mayk Bartel esa o‘z tvitterida shunday yozgan: «Yuqori toifali hech bir futbolchi V reja sifatida qaralmasligi kerak».
Bundan oldingi xabarlarda myunxenliklar rahbariyati Levandovskini transferga qo‘ymasligi haqida ma'lum qilgani aytilgandi.
Bundesliganing joriy mavsumida Levandovski «Bavariya» safida 23 o‘yinda maydonga tushdi va 19 gol urib, 3 golli uzatma muallifi bo‘ldi.
«MYu»da orziqib kutilayotgan transfer amalga oshmaydigan bo‘ldi
Mavzuga oid
23:04 / 22.11.2021
FIFA The Best sovrini uchun nomzodlarni e'lon qildi. Levandovski, Messi, Ronaldu, Benzema da'vogarlar orasida
12:13 / 16.11.2021
«Roma»dagi asosiy maqsad, Mourinoning boshqalardan farqi, «Paxtakor»ga o‘tmagani, Babayan, Kuper, Abramov va Katanets davri taqqosi – Shomurodov bilan intervyu
08:11 / 30.09.2020
Mourino-Lempard tortishuvi. Murabbiylar vaziyatga izoh berishdi
23:01 / 25.03.2019