AQŞ prezidenti Donald Tramp Wikileaks saytida e'lon qilingan maxfiy ma'lumotlarning oşkor etilişi bilan boğliq holat böyiça "qattiq taşvişda". Bu haqda Oq uy rasmiy vakili Şon Spayser bayonot bergan.
"Tramp maxfiy ma'lumotlar taqdim etilganidan jiddiy xavotirda ekanini aytgan. U ma'lumotlar aynan taqdim etilgani bilan boğliq ayblovlar sababli taşvişini bildiryapti. Biroq, hozirça, biz bu ayblovlarni tasdiqlay olmaymiz", — degan Spayser brifingda.
"Maxfiy ma'lumotlarni oşkor qilayotganlar qonunda belgilanganidek jazoga tortilişiga şubha qilmasangiz ham böladi, prezident ham bu haqda aytgan. Biz ularni ta'qib qilamiz va javobgarlikka tortamiz", — degan Spayser.
Eslatib ötamiz, Wikileaks sayti 7 mart kuni maxfiy hujjatlarga tayangan holda, Amerikaning Frankfurt şahridagi konsulligi MRBning "xakerlik" markazi vazifasini bajarişi haqida xabar qilgan edi. U Yevropa, Yaqin Şarq va Afrika mintaqalarida faoliyat yuritgan. Sayt xodimlarining fikriça, xakerlarga diplomatik pasportlar taqdim etilgan hamda davlat departamenti ularni yaşirgan.
E'lon qilingan hujjatlardan birida Frankfurtga yöl olgan xakerlarga özlarini qanday tutiş kerakligi böyiça qöllanmalar aks etgan. Ular mabodo söroqqa tutilsa, konsullikda texnik maslahatlar bilan şuğullanişlarini aytişlari talab etilgan.












