WhatsApp işlab çiqaruvçilari kompaniyalarga messenjer foydalanuvçilari bilan töğridan-töğri muloqot qiliş imkonini beruvçi yangi tizimni sinovdan ötkazişmoqda. Bu haqida loyiha bilan taniş manbaga asoslangan holda Reuters agentligi xabar berdi.
Biznes uçun sinovlar Y Combinator startap-inkubatoridagi bir neça kompaniyalar bilan ötkazilmoqda. Test sinovlari hozirça erta bosqiçda, deydi unda iştirok etayotgan Cowlar Inc startapi hammuassisi Amir Ilyos. Kompaniya sigirlarning jismoniy holatini kuzatişga möljallangan "aqlli böyinboğlar"ni işlab çiqaradi. Cowlar kompaniyasi böyinboğlardan fermerlarga töğridan-töğri xabar yöllaş maqsadida WhatsApp'dan foydalanmoqçi.
"Bu ajoyib imkoniyat, zero yirik sut bozorlaridagi fermerlarning aksariyati - Hindiston, Braziliya va Pokistonda - WhatsApp'dan foydalanişadi", - deya izohlaydi Ilyos.
Servis jamoasi ham, öz örnida, foydalanuvçilar orasida "Siz kompaniyalarga WhatsApp orqali murojaat qilasizmi va ulardan spam olasizmi?" mazmunida sörovnoma ötkazmoqda.
Y Combinator prezidenti Sem Altman Reuters'ga heç qanday sinovlar haqida bilmasligini aytgan. WhatsApp vakillari yangi biznes rejalar haqidagi ma'lumotga izoh berişdan boş tortişdi.
WhatsApp 2014 yilda Facebook kompaniyasi tomonidan 19 milliard dollarga xarid qilingandi. Ötgan uç yil içida 1 milliarddan ziyod foydalanuvçisi bölgan servis biznes-model işlab çiqarmadi.












