WikiLeaks sayti qöliga tuşgan AQŞ Markaziy razvedka boşqarmasining barça hujjatlarining 1 foizdan kamroğini çop etgan. Bu hujjatlar Vault 7 loyihasi doirasida çop etilgan hujjatlarning birinçi qismiga kirgan, deb ma'lum qildi sayt tvitterda.
Avvalroq WikiLeaks sayti MRBning Lenglidagi boş qarorgohida joylaşgan kiberrazvedka markazining içki tarmoğida saqlangan 8,7 ming hujjatni çop etgandi.
"WikiLeaks keça Vault 7 loyihasi doirasidagi hujjatlarning 1 foizdan kamroğini oşkor qildi", deyilgan xabarda.
WikiLeaks bu hujjatlarni Vault 7 loyihasi sifatida belgilagan. Sayt xodimlarining aytişiça, uşbu hujjatlarning çop etilişi MRB maxfiy hujjatlarining eng yirik sizib çiqib ketişi böladi. Hujjatlarning birinçi qismi Year Zero deb nom olgan.












