Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Afg‘oniston bo‘yicha yangi strategiyani ishlab chiqmoqda
AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati Afg‘oniston bo‘yicha yangi strategiyani ishlab chiqmoqda, deb ma'lum qildi Oq uy matbuot kotibi Shon Spayser.
Avvalroq AQSh qurolli kuchlari markaziy qo‘mondonligi boshlig‘i Jozef Votel AQSh Afg‘oniston bo‘yicha yangi strategiyasi doirasida ko‘proq qurolli kuchlarni jalb qilmoqchiligini ma'lum qilgandi.
AQSh 2001 yildan Afg‘onistonda harbiy operatsiya o‘tkazib keladi va mahalliy hukumatga "Tolibon" va "IShID" guruhlari bilan kurashda ko‘mak ko‘rsatadi. 2015 yil 1 yanvardan Afg‘onistonda NATOning yangi missiyasi faoliyat yuritib keladi. NATO va Afg‘oniston o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, mamlakatda 12 mingga yaqin harbiy bo‘lib, ularning vazifalariga Afg‘oniston kuch tuzilmalarini o‘qitish va ularga maslahat berish kiradi. Missiya nojangovar deb e'lon qilingan.
Mavzuga oid
09:15
Yevropa yetakchilari AQSh–Eron kelishuvini olqishladi
08:45
AQSh va Eron urushni tugatish hamda Ho‘rmuzni qayta ochish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishdi
11:18 / 14.06.2026
Sun’iy intellekt endi shunchaki texnologiya emas, u strategik qurol
00:49 / 14.06.2026