Germaniyaning Brabus tyuning atelesi Jyenevadagi avtokörgazmada Mercedes-Benz G500 4×4² yöltanlamasining öz namunasini taqdim etdi. U Brabus 550 Adventure 4×4²deb nomlandi. Kuçaytirilgan V8 dvigatelining kuçi 550 ot kuçiga tengdir. Mercedes-Benz G500 4×4² bu borada unçalik ham faxrlana olmaydi. Uning motori 422 ot kuçiga teng.
Brabus 550 Adventure 4×4² 6,7 soniyada «yuz»ga çiqadi. Uning eng yuqori tezligi elektronika vositasida soatiga 210 km bilan çegaralangan.

Ateleda işlab çiqilgan yöltanlamas noqulay yöllarda harakatlaniş uçun aksessuarlar töplamiga ham ega bölgan.

Brabus 550 Adventure 4×4² maşinasining narxi 193 ming 420 yevro etib belgilangan.

















