24 – 26-mart kunlari Toşkent şahrida bölib ötişi kutilayotgan Xalqaro yoşlar sammitiga bölgan qiziqiş kun sari ortib bormoqda. Tadbir taşkilotçilarining ma'lumot berişiça, sammit öz içiga 300 iştirokçini jamlaydigan içki konferensiyalarni qamrab oladi. Bular quyidagilardir:

•  Yoşlar soğliqni saqlaş konferensiyasi
•  Yoşlar muhandislik va IT konferensiyasi
•  Yoşlar xotin-qizlar konferensiyasi
•  Yoşlar iqtisodiyot va biznes konferensiyasi
•  Yoşlar media va çet tillar konferensiyasi 

Sammitning asosiy maqsadi ijtimoiy faol yoşlar uçun fikr va tajriba almaşiş maydonçasini yaratib, jamiyat rivojiga xizmat qiladigan yoşlar taşabbuslarini aniqlaş, rağbatlantiriş va ularni qöllab-quvvatlaşdan iborat.
Yuqorida keltirilgan içki konferensiyalardan taşqari, sammit doirasida matbuot konferensiyasi, Sumalak keçasi va tantanali yopiliş marosimi konsert dasturi ham ötkazilişi rejalaştirilgan.

Ma'lumot örnida aytiş joizki, 2016 yilda ilk marotaba ötkazilgan yoşlar sammiti samarasi ölaroq yoş faollar tomonidan YLDP (Yoş yetakçilarni qöllab-quvvatlaş loyihasi) kömagida yil davomida “YLDP Summer School” (yoş yetakçilar yozgi maktabi), “Plov4Love” (oş festivali), “Back2Reality” (oilaviy sport estafetalari) va boşqa şu kabi loyihalar işlab çiqilib, hayotga tatbiq etilgani e'tirofga sazovor.
Xalqaro yoşlar sammitiga oid eng sönggi xabarlarni Facebook, Instagram sahifalari  va #IYS2017 xeştegi orqali kuzatib borişingiz mumkin.