Moskva şahrida yaşovçi suriyalik yigit, Rossiya Xalqlar döstligi universitetining sobiq talabasi 21 yoşli Ratib telefonda suhbatlaşayotgan paytida tok urişi natijasida şifoxonaning jonlantiriş bölimiga yetkazildi. Gap şundaki, voqea sodir bölgan vaqtda iPhone 5S zaryad olayotgan bölgan. "Life" şu haqida xabar berdi.
Mazkur voqea 8-mart kuni Kirovgradskiy köçasida sodir böldi. Ratib iPhone 5S telefonida suhbatlaşayotgan edi, birdan uning ota-onasi portlaşga öxşaş baland tovuş eşitişdi, öğlining xonasiga kirişganida uni huşsiz holatda topişdi.
"Ratibning otasi mening yonimga kelib, yordam söradi. Uning yoniga borganimda huşsiz yotardi. Men tez yordam brigadasini çaqirdim. Şifokorlar uni huşiga keltirişdi va şifoxonaga olib ketişdi", - dedi jabrlanuvçining qarindoşi Şokir.
Yigitni kuyganlar markazining jonlantiriş bölimiga joylaştirişdi. Ratibga elektrojarohat va köplab kuyiş taşxisi qöyildi. Bundan taşqari, uning markaziy asab tizimiga ziyon yetdi.












