Mahmud Rahimov (ism-familiyalar özgartirilgan) yaxşi niyatlar bilan qöşkölliklar Jarosti deb ataydigan tepalikning kunçiqar tomonidan dehqonçilik qiliş uçun yer tanladi. Tepalik atrofidagi yer heç kimga tegişli bölmagan adirlik va yaylovdan iborat edi. Özlaştirib olsang bas, ekin-tikin ekib yuraverasan. Mahmud qölidagi belkurak bilan közlagan yerini belgilay boşladi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.

Allaqanday ayolning baqir-çaqirini eşitib, işini töxtatişga majbur böldi. Boşini kötarib, tepasida eskidan adovatlaşib kelayotgan hamqişloği, maktab direktori Abdunabi Ösarovning turmuş örtoği Oydinxon Norboyevani kördi.

Odatdagidek, örtada yana janjal boşlandi. Ayol u tanlagan yer qişloq aholisining mollari ötadigan yöl ekanligini aytib, işini töxtatişini talab qildi. Mahmud uning gaplariga parvo qilmagaç, qölidagi belkurakka yopişdi. Mahmud belkurakni bermasdan, dahanaki jang asnosida işida davom etdi. Oydinxon Norboyeva u tösiq örnatiş uçun kavlagan yerini qöllari bilan kömişga tuşdi. Jahli çiqqan Mahmud tepalikdan pastga qarab: “Zör bölsang, özing çiq, xotiningni oldimga jönatma”, deya baqirdi. Biroz vaqtdan söng pastdan ayolning eri Abdunabi Ösarov çiqib keldi. Janjalu tortişuv endi rosa avjiga çiqdi...

Endigina yigirma uç yoşni qarşilagan Mahmud bilan Abdunabi örtasidagi yer mojarosi bundan ança avval boşlangan edi. Mahmud dastlab Abdunabi Ösarov rahbarlik qilayotgan maktab yaqinidan yer tanlab, uning atrofini toşdan qalama usulida çegaralay boşlaganida direktor mahalla oqsoqoli bölib işlaydigan akasi orqali qarşilik qilgandi. Mahalladoşlarining qarşiligidan söng Mahmud bu yerdan voz keçişga majbur bölgandi.

May oyining örtalari edi. Mahmudga hamqişloği Tohir Islomov jiyani Mahfuzadan xat berib yuboribdi. Yozişiça, Jarosti tepaligi tomonlardan yer berilayotganmiş. Tohirning özi ham yer olganmiş. Mahmud ertasi kuni azondayoq eşagini minib, avval Tohirnikiga, söng u bilan birga Jarosti tomonga yöl oldi. Yerni belgilab olgaç, Tohir öz yöliga ketdi. Mahmud endi işga kirişganda direktor va uning xotini qarşilik körsatişdi.

Ular uzoq tortişdilar. Oxiri ğazab otiga mingan Mahmud belkurak bilan Abdunabi muallimning boşiga tuşirdi. Muallim boşini çangallab yerga yiqildi. Oydinxon dodlab yubordi. Nima qilib qöyganini anglab-anglamagan Mahmud esa orqa-oldiga qaramay qoçişga tuşdi...

Jinoyat işlari böyiça viloyat sudida Mahmud Rahimovning mazkur jinoyat işi körildi. U marhum Abdunabi Ösarovni turmuş örtoğining köz öngida qasddan öldirganligi öz isbotini topdi.

Sud hukmi bilan unga 16 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.