Şimoliy Koreya OAV janubiy qöşnisining Konstitutsiyaviy sudi çiqargan qaror xususida zudlik bilan xabar tarqatdi. Koreya respublikasi Konstitutsiyaviy sudi prezident Pak Kin Xega nisbatan joriy qilingan impiçmentni ma'qullagan edi. KXDR markaziy telegraf agentligining qayd etişiça, Pak Kin Xe, endilikda, oddiy fuqaro sifatida sud oldida javob beradi. 

"Vakolat muddati tugaşiga bir yil qolganda ağdarilgan Pak Kin Xe öz qilmişlari uçun oddiy jinoyatçilar singari javob beradi", - deb ta'kidlagan axborot agentligi. 

Rodong Sinmun markaziy gazetasi, öz navbatida, ta'kidlaşiça, Koreya respublikasining ayrim vakillari "Janubiy Koreya xalqining Pak Kin Xeni ağdariş böyiça birlaşgan çoralari qarşisida ojiz qolişgan".

Rasmiy Seul ma'muriyati esa Pak Kin Xening hokimiyatdan batamom çetlaştirilişi mamlakatning KXDR bilan munosabatlariga ta'sir körsatmasligini ma'lum qildi. "Konstitutsiyaviy sud qaroriga qaramay, Birlaşiş vazirligi Şimoliy Koreyaga nisbatan joriy siyosatni davom ettiradi", - degan vazirlik vakili. 

Koreya milliy mudofaa vazirligi ma'lumotlariga köra, Janubiy Koreya qurolli kuçlari prezident Pak Kin Xening batamom iste'foga çiqqani munosabati bilan yuqori harbiy şaylik holatiga keltirilgan.