Qirğizistonning sobiq prezidenti Qurmonbek Bakiyev Minsk şahrida haşamatli uy qurdi. Bu haqda Belarus OAV xabar bermoqda.
2010 yilda Qirğizistondagi aprel inqilobidan söng Bakiyev Belarusga qoçgan va “Plavno” qarorgohida yaşab kelayotgandi. Bakiyev bir qator OAVga bergan intervyusida Minsk şahrida beş yil davomida qurilgan uyga köçib ötişni rejalaştirayotgani haqida xabar bergandi.
Haşamatli uy “Lebyajiy” kiçik tumanida joylaşgan. Qirğiziston sobiq prezidentining qöşnilari amaldorlar va maşhur sportçilar ekani aytilmoqda. Jurnalistlarning xabar qilişiça, devorlardan birida Qurmonbek Bakiyevning “Oğriq, muhabbat, umid: mening Qirğizistonim” kitobi muqovasidagi suratni körişgan.


















