Past böyli erkaklar soçlardan ertaroq ayrilişi mumkin, deb ogohlantirmoqda olimlar. Bonn universiteti mutaxassislari tomonidan ötkazilgan tadqiqotning körsatişiça, böyi pastlik va soçlardan erta ayrilişga bir xil genlar javob beradi. Ilmiy izlaniş natijalari Nature Communications jurnalida e'lon qilindi.
Keng kölamli genetik tadqiqotda erta soç tökilişiga uçragan 11 ming va hozirça soçi yaxşi holatda bölgan 12 ming erkak iştirok etdi. Böyi pastlik va soç tökilişiga testosteron işlab çiqariş uçun javobgar bölgan genlar sababçi ekan. Testosteron ortiqça darajasi ösmirlik davrida böy ösişini sekinlaştiradi hamda erta soç tökilişiga olib keladi.
Tadqiqot mualliflarining fikriça, agarda avloddagi barça erkaklarning böyi past bölgan, biroq soç tökilişidan aziyat çekmagan bölişsa, xavotirga örin yöq. Biroq soç tökilişini uning paydo bölişidan avval töxtatiş ança muammoli. Eng samarali usul bu – soç tökilişiga qadar uni butunlay qirib taşlaş, buning evaziga qondagi testosteron miqdori ança pasayadi.












