Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Kitob mahsulotlarini çop etiş va tarqatiş tizimini rivojlantiriş, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oşiriş hamda tarğibot qiliş böyiça komissiya tuziş töğrisida”gi farmoyişida çop etilayotgan kitoblarni ta'lim muassasalari, ayniqsa, maktabgaça va boşlanğiç ta'limda öqiş madaniyati, mutolaa könikmalarini şakllantirişda alohida e'tibor qaratilgan. Bu haqda Xalq ta'limi vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Maktabgaça ta'lim muassasalarida 3-6 yoşdagi bolalarning sifatli maktabgaça ta'lim va tarbiya oliş imkoniyatlarini kuçaytiriş, şuningdek, ota-onalar, aholi va jamoatçilikning bolalarga erta ta'lim beriş va oilada erta kitob öqişni taşkil etişning ahamiyati töğrisida habardor qiliş maqsadida tizimdagi barça maktabgaça ta'lim muassasalari qoşida kiçik kutubxonalar taşkil etilmoqda. Joriy yilda 1220 ta maktabgaça ta'lim muassasasi 50 nomdagi kitoblar bilan ta'minlanadi.

Kiçik kutubxona özbek xalq ertaklari, rivoyatlar, hikoyalar va bolalar uçun şeriy töplamlar bilan ta'minlanadi va kitoblarni topiş qulay bölişi uçun har bir bölim badiiy belgi: daraxt, ertak qahramonlar kabilar bilan nomlanadi.

Kiçik kutubxonalar muassasa içki imkoniyati hamda homiylarni jalb qilgan holda taşkil etiladi va bolajonlar uçun xizmat qiladi. Bolalarda mutolaa könikmalarini şakllantiriş maqsadida tarbiyaçilar tomonidan kitoblarni ifodali öqiş, öqilgan kitoblar haqida suhbat, rasmlarni tomoşa qiliş, notaniş sözlarni tuşuntiriş, adabiyot keçalari va biror mavzuga bağişlangan kitoblar körgazmasi taşkil etiş kabi turli usullar qöllaniladi. Bu kabi usullar bola şaxsi, uning ijodiy qobiliyatlarini rivojlanişi, biliş faolligining asosi sifatida umuminsoniy qadriyatlari bilan tanişişi, ijodiy tasavvurini şakllanişi, qiziquvçanligini rivojlantirişga yordam beradi.

Bularning barçasi haqiqiy kutubxonaning modeli sifatida bolalar uçun maxsus taşkil etilgan bölib, maktabgaça yoşdagi bolada kutubxonaga boriş ehtiyojini tarbiyalaş va axborot resurslaridan foydalaniş böyiça dastlabki könikmalarni beriş közda tutilgan.

Ma'lumot uçun, bugungi kunda respublikada 4893 ta maktabgaça ta'lim muassasasi mavjud bölib, şulardan 2931 ta maktabgaça ta'lim muassasasida ma'naviyat xonalari, 526 ta muassasada muzeylar faoliyat yuritmoqda.