Şarqiy Afrikada oçarçilik bilan boğliq gumanitar fojia davom etmoqda. Agar xalqaro hamjamiyat jiddiy çoralar körmasa, u yanada avj olişi mumkin. 

"Anadolu" axborot agentligining BMTdagi manbalarga iqtibos keltirgan holda ma'lum qilişiça, Somali, Janubiy Sudan, Efiopiya, Keniya, Jibuti, Uganda va Burundida qurğoqçilik, harbiy ixtiloflar va oziq-ovqat inqirozi sababli 23 mln kişi oç qolmoqda.

Bundan taşqari, bu davlatlardagi gumanitar fojiaga iqtisodiy barqarorsizlik, noodatiy ob-havo şaroitlari va migratsiya kabi omillar ham sabab bölmoqda. Çorvaning kamayişi va hosilsizlik sababli hududda oziq-ovqat mahsulotlariga narxlar oşmoqda.

BMTning Oziq-ovqat va qişloq xöjaligi taşkiloti ma'lumotlariga köra, Efiopiya, Keniya, Somali, Janubiy Sudan, Uganda va Tanzaniyada oziq-ovqat narxi rekord darajada qimmatlaşib ketgan.