Hollivudlik aktyor, Kaliforniya ştatining sobiq gubernatori Arnold Şvartsenegger kelajakda AQŞ yuqori palatasiga öz nomzodini qöyişi mumkin, deb xabar bermoqda Politico.

Naşrning Kaliforniyada Respublikaçilar partiyasi bilan aloqador bölgan manbalari ma'lumotiga köra, Şvartsenegger 2018 yilda bu işni amalga oşirişi mumkin.

Şvartsenegger har doim respublikaçilar tarafdori bölib kelganiga qaramay, senator lavozimiga mustaqil nomzod sifatida da'vogarlik qilişi mumkin.

Manbalardan birining ta'kidlaşiça, Şvartsenegger AQŞning amaldagi prezidenti Donald Tramp siyosiy kursiga qarama-qarşi bölgan dasturni taklif etişi ehtimoli bor.

Aktyorning rasmiy vakili Daniela Ketçell esa “Biz bu maqsadga erişiş uçun barça variantlarni körib çiqamiz” deya ma'lum qildi.