Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tatariston muftisi: IShID ichki ziddiyatlar tufayli yo‘q bo‘lishi kerak
Tatariston respublikasi muftisi Komil Samigullinning hikoya qilishicha, payg‘ambar Muhammad sallollohu alayhi vassallam soxta Islom davlat paydo bo‘lishi va uning o‘zaro ichki ziddiyatlar sababli barbod bo‘lishini bashorat qilgan.
Samigullin BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashining Jyenevada bo‘lib o‘tayotgan 34-sessiyasida ma'ruza qilar ekan, u «sahih hadislar» to‘plamiga kiritgan eng qadimgi hadislardan birini so‘zlab berdi, deb xabar qilmoqda Interfaks agentligi.
Muftining aytishicha, Muhammad alayhissalom bir guruh "o‘zlari yosh, ammo aqli noraso" kishilar paydo bo‘lishi, ular Qur'on o‘qishlari, "biroq, tilovat qilganlari bo‘g‘zidan nariga o‘tmasligi" haqida so‘z yuritgan.
«Ular bizning dinimizdan kamon o‘qi yoydan qanday tez uzoqlashsa, shunday tez chiqishadi, ya'ni ular bizning dinimizga umuman aloqasi bo‘lmaydi», - deya hadis mazmunini izohlagan Tatariston muftisi.
U so‘zini davom ettirar ekan, boshqa bir hadisda, vaqt keladiki, qora bayroqlar ko‘tarib olganlar davlat tuzishga da'vo qilishi ta'kidlanishini aytgan. "Shu paytgacha kim, men Islom davlati demayman, soxta Islom davlati tuzishga da'vo qildi?" – deya murojaat qilgan Komil Samigullin IShIDni nazarda tutar ekan.
"Ular o‘z va'dalarida turmaydi, musulmon odatlariga xilof ravishda ayollar kabi uzun sochlarini tushirib olishadi", - deya hadislar mazmunini so‘zlagan mufti.
"Biroq, ular bir-biriga qarshi chiqadigan vaqt keladi", - deya umid bildirgan Tatariston bosh diniy ulamosi.
Mavzuga oid
10:35 / 20.02.2026
BMT G‘azo sektorida etnik tozalash alomatlari borligini bildirdi
23:05 / 19.02.2026
Tramp «Tinchlik kengashi» yordamida BMT rolini kuchaytirish rejalarini e’lon qildi
17:31 / 17.02.2026
BMT: Rossiya zarbalari Ukrainadan qochqinlarning yangi to‘lqiniga sabab bo‘lishi mumkin
08:51 / 17.02.2026