Joriy yilning 7 mart kuni Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika Yöl jamğarmasi boşqaruv kengaşi tomonidan “2017 yilda Toşkent şahri tumanlarining yöl infratuzilmasini rivojlantirişning manzilli dasturi” tasdiqlandi. Bu haqda “Özavtoyöl” matbuot xizmati Kun.uz’ga xabar bermoqda.

Mazkur dasturga muvofiq Toşkent şahri köçalarini joriy va töla ta'mirlaş işlari 2017 yilning özida ikki bosqiçda asosan – birinçi navbatda hamda yil davomida ta'mirlanişi zarur bölgan köçalar kesimida amalga oşiriladi. 

Şuni ta'kidlab ötiş kerakki, bugungi kunda köçalarning ta'miri va ulardagi infratuzilmani yaxşilaş işlari boşlangan va ular ayni kunda ham jadal sur'atlar bilan davom ettirilmoqda. Ta'mir işlari Özbekiston Respublikasi Avtomobil yöllari davlat qömitasi tizimidagi korxonalar, jumladan, “Avtomagistral”, “Toşkentköprik” hamda “Transyölquriliş” taşkilotlari tomonidan amalga oşirilmoqda.

Masalan, Yunusobod tumani “Yuqori Qoraqamiş”, “Moyqörğon” va “Baraka” köçalaridagi jami 7,1 km uzunlikdagi joriy ta'mirlaş, Sergeli tumani “Obihayot”, “Nilufar”, “Rayhon”, “Daryo böyi”, “Kanora” köçalaridagi 9,5 km uzunlikda töla ta'mirlaş işlari boşlandi.

Toşkent şahridagi köçalarning infratuzilmasini rivojlantiriş va ta'mirlaş maqsadlari uçun 1-bosqiçda - 20,6 milliard söm, 2-bosqiçda esa - 50 milliard söm mablağ ajratilişi közda tutilmoqda.

Eslatib ötamiz, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 fevraldagi “2017-2018 yillarda mintaqaviy avtomobil yöllarini rivojlantiriş dasturini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Qarorida butun Respublikadagi, jumladan, Toşkent şahridagi içki yöllar va köçalarning ta'mirlanişi tumanlar kesimida belgilab berilgan edi.