Amerikaning Ohayo ştatida joylaşgan Lindxerst şahrilik tört yoşli qizça “Oz mamlakati sehrgari” qahramoni Dorotining harakatlarini takrorlaşiga bir baxya qoldi. Uni kuçli şamol uçirib ketgan. Yoş Medison Gardnerning “parvozi” tasvirlangan video Facebook’da uning ota-onasi tomonidan taqdim etildi.

Uyda örnatilgan videokuzatuv kamerasi qizça kiriş eşigiga yaqinlaşgani va dastakni uşlamoqçi ekanini qayd etdi. Şu paytda eşik kutilmaganda oçilgan hamda qizça u bilan birga uçib ketdi.

Ota-onasi qizlariga yordam berişga oşiqqan va u jarohat olmaganiga işonç hosil qilişdi. Medisonning özi esa videoni körib kulib yuborgan. Qizçaning ota-onasi videoga "Come Fly with Me" ("Men bilan parvoz qil") qöşiğini biriktirib qöyişgan.

Videoga qoldirilgan izohlarda qizça kelajakda uçuvçi yoki fazogir bölişi mumkinligini aytişdi, biroq ota-onasi u hozirça faqatgina Disney malikalari bilan qiziqayotganini ma'lum qilgan.