2017 yil 10 mart kuni Alişer Navoiy nomli kinosaroyda yangi "Isnod" badiiy filmining taqdimoti bölib ötdi. Drama janrida suratga olingan mazkur kinokartinaning ssenariysi Rixsivoy Muhammadjonov qalamiga mansub bölib, rejissyor Abduvohid Ğaniyev bilan birgalikda suratga olingan.
"Özbekfilm" kinostudiyasi tomonidan işlab çiqarilgan uşbu kartinada ayni damda dolzarb muammoga aylanib borayotgan OITS va odam savdosiga qarşi kuraşiş ğoyasi asosiy örinni egallaydi.
"Isnod" filmida boş rollarni Dilnoza Kubayeva, Şohruh Hamdamov, Bahora Arslonova, Şahzoda Matçonova, Ra'no Şodiyeva, Feruza Mustafoyevalar ijro etişgan.
Filmning qisqaça syujyeti: Jamila ismli telejurnalist çet eldan qaytib kelib, şahrimiz kasalxonalaridan birida davolanayotgan qizlardan intervyu olişga şoşiladi. Biroq u bu maqsadga osonlik bilan erişmaydi. Avvaliga aldangan qizlar TVga intervyu berib, omma oldiga çiqişdan boş tortişadi. Keyin esa özlarining ayançli taqdirlari özgalarga örnak bölişini öylab, barça voqeani aytib berişga rozi bölişadi.
Jamilaning sa'y-harakatlari bilan sodda qizlarning osongina aldanib, çet elga sotib yuborilgani foş etiladi. Biroq qahramonimiz özi uçun bu haqiqatlar ortida yana bir mudhiş jinoyatdan xabar topadi...
Film hozirgi kunda suratga olinayotgan baçkana, saviyasiz kartinalardan tubdan farq qiladi. Unda haqiqiy hayot, çinakam muammo va dolzarb masalalar hikoya qilinadi. Bir söz bilan aytganda, film har qanday tomoşabinni ta'sirlantira olişi mumkin.
Ma'lumot örnida: Özbek Milliy akademik drama teatrida 2010 yildan beri aynan şu ssenariy asosida "Oydin" spektakli ham namoyiş etib kelinadi. Unda boş rollarni Şodiya Töxtayeva va Mirolim Qiliçev gavdalantirgan.
Drama janridagi ötkir syujyetli "Isnod" filmi 11 martdan yurtimiz kinoteatrlarida namoyiş etiladi.


























