Buyuk Britaniya boş vaziri Tereza Mey mamlakatning Yevropa Ittifoqidan çiqiş jarayonini 14 mart kuni boşlaşi mumkin, deb xabar bermoqda The Telegraph naşri.

Jarayonni boşlaş uçun boş vazir Lissabon kelişuvining 50-moddasini faollaştirişi kerak. Naşr ma'lumotlariga köra, jarayonni tezda boşlaşni vazirlar mahkamasi talab qilgan. 

13 mart kuni Britaniya parlamentining quyi palatasi lordlar palatasi tomondan Brexit jarayonini boşlaş haqidagi qonun loyihasiga kiritilgan özgarişlarni körib çiqadi. Taxmin qilinişiça, qonun loyihasi şu kuni ikkala palata tomonidan ham ma'qullanadi. 

Uşbu jarayon "ping-pong" deb nom olgan, çunki hujjat ikkala palata a'zolari uni töliq ma'qullanmagunlariça parlamentning bir palatasidan ikkinçisi palatasiga körib çiqiş uçun qayta-qayta jönatilaveradi.

Brexit jarayoni boşlangandan keyin Britaniya va Yevropa Ittifoqi örtasida ikki yillik muzokaralar davri boşlanadi.